Irga, Irganak, Irga ko‘rdi…
Qipchoq shevasida so‘zlashuvchilar nutqida irga degan so‘z bor. Irgamga aylanma, Irgama-irga yurma degan birikmalar ham keng qo‘llaniladi.
Bu so‘z boshqa tildan kirib, faol iste’molda ishlatilayotgan Hovli so‘zi anglatayotgan ma’noni beradi. Ruscha lug‘atlarga esa tarjimada “o‘choq boshi” deb o‘girilgan ekan.
Elimizda ushbu so‘z bilan bog‘liq Irga ko‘rdi nomli urf-odat ham bo‘lib: unda yangi unashtirilgan kuyovning uyiga kelin tarafdagilar kelin tushayotgan uyning ro‘zg‘or sharoitlarini bilish uchun kelinishi “Irga ko‘rdi” deyilgan. Aynan Hovli(ırga)ga kiradigan maxsus eshik Irganak(forscha ‒ darvoza) so‘zi ham, ba’zi joylarda erganak, yasalishi asosida shu so‘zga tayangan bo‘lishi ehtimolga yaqin (ırga+nak).
Sirojiddin MAMIROV,
Manba: Turan-Samarkand tarixi telegram kanali