Turkiya haqida 100ta qiziqarli maʼlumotlar
Assalomu Alaykum aziz sayt foydalanuvchilari va qadrdonlar. Turkiya va uning aholisi, madaniyati haqida qiziqarli 100ta faktni e’tiboringizga havola etishni boshlayman. Bugun esa shularning 10tasini diqqat markazingizga qarataman!
1-qism
Turkiya ajoyib, unutilmas va sayohat uchun esa arzon, chiroyli davlatdir. Bu yerda hamma narsa bor, dengiz va quyosh, ekzotik hayvonlar va o‘simliklar, me’moriy yodgorliklar, dam olish uchun esa faol chiroyli joylar. Yana bir qiziqarli tomonini aytaymi, siz eski qishloqlarga tashrif buyurishingiz va mahalliy aholining urf-odatlari bilan tanishishingiz, milliy taomlardan tatib ko‘rishingiz, an’anaviy kiyim va aksessuarlarni xarid qilishingiz mumkin. Keling, avval Turkiya haqida qiziqarli va hayajonli faktlarni ko‘rib chiqishingizni taklif qilsam.
1. Turkiya sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan mamlakatlardan biridir.
2. Ushbu mamlakat dunyodagi yong‘oq va findiqning asosiy eksportchisi hisoblanadi.
3. 1934 yilgacha turklarda familiyalar mavjud emas edi.
4. Turkiya davlati 81 viloyatga bo‘lingan.
5. Turklar choyni juda yaxshi ko’radilar, shuning uchun ular kuniga 10 stakan ichishadi.
6. Turkiya juda savodli aholiga ega.
7. Turkiya – bu o‘zining ajoyib plyajlari bilan mashhur bo‘lgan davlat.
8. Gilos birinchi marta Evropaga Turkiyadan keltirilgan.
9. Turkiyaliklarning 95 foizga yaqini Xudoning mavjudligiga ishonishadi.
10. Futbol turklar orasida eng mashhur sport turi.
Ulug‘bek ALIMOV,
turkona.uz muxbiri