Iltarish Qutlug‘ qog‘onning qabri va yozma obidalar aniqlandi
Xalqaro Turk Akademiyasi hamda Mo‘g‘uliston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida Mo‘g‘ulistonning O‘tuken hududidan Kultegin va Bilga qog‘onning otasi Iltarish Qutlug‘ qog‘onning qabri va yozma obidasi aniqlandi.
E’tiborlisi, yodgorlikda turkiy va so‘g‘d tilidagi matnlar mavjud. Ushbu yangi topilmalar turkologiya rivoji uchun bebaho manba, avlodlarga ajdodlar tarixini o‘rganish yo‘lidagi noyob xazina bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Zulfiya RAHMATULLAYEVA,
turkona.uz muxbiri