O‘zMUda ochiq dars
Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMUda Filologiya fanlari nomzodi Ubaydullayev Alisher Abdusalomovich tomonidan “O‘g‘uz lahjasining muhim xususiyatlari hamda O‘zbek adabiy tili va shevalar munosabati” nomli talabalar ishtirokida ochiq dars boʻlib oʻtdi.
Unda O‘g‘uz lahjasining qisqacha tarixi va tarqalishi, o‘g‘uz lahjasining fonetik xususiyatlari, lahjaning morfologik xususiyatlari, lahjaning leksik xususiyatlari hamda adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari, adabiy til va tayanch dialekt, badiiy adabiyot va dialektizm, sheva – adabiy tilning boyish manbasi, o‘zbek adabiy tili va dialektlari avtonomiyasi va geteronomiyasi masalalari boʻyicha talabalar bilan suhbatlar olib borildi. Ochiq dars davomida talabalar tomonidan she’rlar ifodali ijro etildi, bu esa darsning mazmunli oʻtishini taʼminladi.
Ulug‘bek ALIMOV,
turkona.uz muxbiri