Ozarbayjon choyi: uni ichmabsiz, bu dunyoga kelmabsiz…
Issiq kunlarda jonga oro beruvchi choyni hamma barcha birdek yaxshi ko‘rsa kerak. “Choy” atamasi turli davlatlarda turlicha ma’no kasb etgan holda, qardosh Ozarbayjonda choy hozirgi kunga kelib, muqaddas bir ichimlik sifatida qaraladi. Quyida bu haqda batafsil to‘xtalishga harakat qilamiz.
Armudu stakani
“Olovlar yurti”da odamlar choyni armudu (so‘zma-so‘z tarjima qilganda armutga o‘xshash shisha) deb nomlangan maxsus stakanda ichishadi. Armudu shishasining shakli nokka o‘xshaydi va Ozarbayjon madaniyatidagi styuardessa qiyofasi bilan bog‘liq. Bunday shakldagi stakanlardan Eron va Turkiyada ham foydalanishini qayd etish joiz.
Istalgan ozarbayjon xonadonidagi mehmondo‘stlik albatta choy armududa choy keltirilishi bilan boshlanadi va bu ular uchun muhim ahamiyatga ega. Ta’bir joiz bo‘lsa, stol atrofiga o‘tirish choy ichish bilan boshlanib, choy ichish bilan yakunlanadi. Ozarlar choyni tez-tez iste’mol qilishadi. Choyning issiqligi hamda sifatini ushlab turish uchun maxsus armudu o‘ylab topilgani e’tirof etiladi.
Idishning quyi qismi choyning issiqligini ta’minlab bersa, yuqori qism labning kuyishining oldini oladi. Armuduning mo‘jazgina hajmi choy ta’mining ketib qolmasligini ta’minlaydi. Shuningdek, uni ichish uchun ko‘p vaqt sarflanmaydi.
Idish oxirigacha to‘ldirilmay, tepa qismdagi 1-2 sm joy bo‘sh qoldiriladi. Bu mahalliy tilda “додаг йери” (lab, dudoq o‘rni) deb ataladi. Sezib turganingizdek, bu lablar tegadigan maxsus joy bo‘lib, choyni ichni kuydirmagan holda ichish uchun mo‘ljallangan.
Armudu klassik shakli sharq ayolining yoki 18 yoshli ozarbayjon qizining ideal qiyofasini aks ettiradi, deb qaraladi. Choyga turli mazali shirinliklar, mevali murabbo va xush ta’m limon qo‘shiladi.
Choy odatda, yorqin rangga ega va kristallda yoki boshqa ko‘zoynak monand stakanlarda tashiladi. Ko‘pincha nok shaklidagi stakanlar ma’qul ko‘riladi. Choy ko‘plab mehmonlar yig‘ilganda qiziqarli suhbatlar tashkil etilganda dasturxonga keltirilishi urfga kirgan.
Zaharlanishdan qo‘rqqan podshoh
Qardoshlarda sutli choy juda kam uchraydi. Rivoyatga ko‘ra, choy ichib bir marta zaharlangan shoh, keyinchalik zaharlanishdan qo‘rqib, choyga shakarning bir bo‘lagini cho‘ktirib, tekshirib ko‘rgan ekan. Bu hodisa o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi deya qaraladi (o‘sha davrlarda shakar zaharga ta’sir qilib, uni tozalaydi deya ishonilgan).
An’anaviy choyga limon, shakar, shirinliklar va mevali shirinliklar (murabbo emas) qo‘shiladi. Ba’zan kekik, yalpiz yoki gul suvi oshqozon va yurak uchun foydali deb hisoblangan mahsulotlardan ham foydalaniladi.
Ozarbayjon xalqi uchun choy iliqlik, mehmondo‘stlik, samimiylik hamda diydorlashuv ramzidir. An’anaga ko‘ra, uydagi mehmonga hech bo‘lmaganda, bir stakan choy ichirmasdan uydan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sovchilar uchun maxsus parol
Ozarbayjonda choy madaniyati rivoj topgan. Bunga misol tariqasida, qiz unashtirish marosimini keltirish mumkin. Ozarbayjon an’analarida choy sovchilikning ajralmas qismidir. Ozarlarda “qizingizni o‘g‘limizga umr yo‘ldoshlikka bering” degan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirish odati yo‘q bo‘lib, sovchilarning uyga kelishi oldindan xabar qilinadi. Ikki oilaning o‘zaro suhbatlari faqat maslahatlar bilan davom etadi va javob ham noaniq beriladi. Bu holatni ozarbayjonlik bo‘lmagan yaxshi tushunmasligi tabiiy, albatta. Shunda vaziyatni oydinlashtirish uchun kelgan mehmonlarga choy olib kiriladi. Muzokaralar tugagandan so‘ng, sovchilarga choy olib kiriladi. Mehmonlarga taklif qilingan choyga shakar solingan bo‘lsa, unda siz to‘yga tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak. Agar choy shakarsiz berilsa, bu nikoh shartnomasini tuzish ehtimoli juda pastligidan dalolatdir.
“Chay nodir, ayt nodir”
Ozarbayjonliklarning choy haqida: “Chay nodir, ayt nodir” degan iborasi bor. Uni “choy ichganda piyolaning ahamiyati yo‘q” deya tarjima qilish mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, choy ozarbayjonliklarning sevimli, an’anaga aylangan ichimliklaridan biri deyish mumkin. Xuddi biz o‘zbeklarda bo‘lgani kabi, qardosh ozarbayjonlarda ham choy milliylik ramzlaridan biriga aylanib ulgurgan. Armudu stakani Ozarbayjondan oilangizga olib ketiladigan ajoyib sovg‘alardan biri bo‘lishi shubhasiz. Ta’rifi keltirilgan choy ichmoqchi bo‘lsangiz, albatta Ozarbayjonga tashrif buyuring. Bundan aslo afsuslanmaysiz.
Zulfiya RAHMATULLAYEVA,
turkona.uz muxbiri