Borlig‘in soqlag‘on jonli til…
Forsning qichiq qiz singari tiliga berilganlar, arabning “munfarix”, “xoda”laridan zavq olg‘onlar, albatta o‘zbek (turk)ning tantanali, viqorli yigit tiliga ko‘ngil qo‘ymaslar, undan lazzat olmaslar. Faqat bu bilan o‘zbek tili aybli ekani onglashiladirmi? Albatta yo‘q! Balkim, u yiqilmas qo‘rg‘oni orqali hujumchilardan o‘zini qo‘riqlaydir. Chunkim bu til inqilob tili. Inqilob bilan birga o‘skan, inqilob ko‘lagasida girajdanlik huquqini olg‘on til. Necha yuz yillardan buyon chet tillar ta’siri ostida qolsa-da yana o‘zining borlig‘in soqlag‘on jonli til, inqilob so‘ng‘ida yana jonlanadir…
Elbek (Mashriq Yunusov)