Tangri birdir!

– Tangri toqdir!
– Tangri toqdir! – deya qichqirishdi erlar.
– Kimki Koʻk Tangridan qut tilasa, undan oʻzgaga yolvormagaydir!
– El bir, xoqon bir, Tangri birdir!
– Yasa keskindir. Bir budunda ikki yasa boʻlolmas. Kim bu yasaga boʻyin egsa, qutlangaydir. Kim bu yasaga qiya tushsa, tamuqqa yuborilgaydir.
– Hech kim yasadan ustun emas. Tiriklik uchun, birlik uchun yasa shudir!
– Bir choʻpon suruvidan, bir er bola-chaqasidan, bir xoqon budunidan soʻralgaydir!
Isajon Sulton,
“Bilga xoqon” kitobidan
Rasmda Buyuk Ko‘kturk xoni Bilga xoqon yodgorligi.
(rasm manbasi: @bitikchiuz)