VATAN AJDODLARDAN QOLGAN MEROSDIR
Vatan – bu kindik qoning to‘kilgan muqaddas tuproq, qadrdon go‘sha, bolaligingning izlari qolgan sertuproq ko‘chalar, non oqizoq qilib o‘ynaganing anxor, onang yopgan kulchalar, rayhon bo‘ylari anqib turgan hovling, qaldirg‘ochlar in qurgan ayvonlaringdir.
O‘z vatanini muqaddas biladigan, uning sha’nini, shonini yuksaklarga ko‘taradigan odamning maqsad –muddaolari aniq, g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi.
Imom G‘azzoliy aytganidek, “Inson o‘z yeriga, garchi u tap –taqir saxro bo‘lsa ham qattiq bog‘lanadi. Vatanni sevish inson ruxiyatidagi asl tabiatdir. Ushbu tabiat vatanda yashashda xuzur –xalovat, undan uzoq bo‘lganda sog‘inch, xujum qilinganda mudofaa va kamsitilganida g‘azab xislarini paydo qiladi.”
Vatan ona kabi aziz va mukarram, insonga baxt –iqbol ato etadigan muqaddas va mo‘tabar zamindir.
Vatan – bu bizning bugunimiz, ertamiz, o‘tmish va kelajagimizdir. Agar boladan dunyodagi eng chiroyli odam kim deb so‘rasangiz, u mening onam deb javob beradi.
Chunki bola onasini butun vujudi bilan sevgani uchun ham onasi unga dunyodagayi eng go‘zal, eng mehribon, eng aqlli, bekamu –ko‘st inson bo‘lib tuyuladi.
Vatan ham shunday. U asriy muzliklar bo‘ladimi, cho‘lu –biyobon, qori ketmaydigan yerlar, tap –taqir saxro bo‘ladimi, baribir, u xamisha eng go‘zal va betakror ma’vo bulib qolaveradi. Agar insoda Vatan degan mana shu muqaddas tushuncha bo‘lmaganida edi, yer kurrasi shu kungacha qanday axvolga tushishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Bejizga vatanni iymon qadar buyuk, sajdagox kabi muqaddas bilishmaydi. Vatanni eng oliy ne’mat bilib, uni sajdagox kabi tavof qilishimiz, boshimizga ko‘tarishimiz, ta’zim bajo aylashimiz hammamizning farzandlik burchimizdir.
Har bir inson vatani kamolini, uning istiqbolini, yurtining ozod va mustaqilligini asrash uchun jon fido qilishga tayyor turmog‘i kerak. Chunki vatan – bu bobolarimizdan bizga qolgan bebaxo meros bo‘lib, uni ko‘z qorachig‘imizdek asrab, gard yuqtirmay, erkin va ozod, gullab –yashnagan xolda kelgusi avlodga meros qoldirish –eng oliy insoniy burchimizdir.
Shu o‘rinda Fuzuliyning “Mening bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotim bo‘lganida ham hammasini vatan uchun sarflagan bo‘lar edim”-degan so‘zlari har birimiz uchun bebeaxo o‘git bo‘lib, vatanni sevmoq ajdodlarimiz, ota –bobolarimizdan qolgan bebaxo meros ekanligigia yana bir yorqin misoldir.
Mustaqillik bizga vatanimizning eng go‘zal qirralarini kashf etish imkonini berdi. Ota –bobolarimiz orzu qilib yetolmagan, vatnimizni hur va ozod ko‘rish baxtini berdi. Biz bugun O‘zbekiston atalmish muqaddas zaminda tenglar ichra tenglikda, hur va ozod, to‘kin –sochin, tinch va farovon hayot kechirayotganimiz va bizga shunday baxt nasib qilgani uchun shukronalar aytamiz.
Tarixdan ma’lumki, bir xalqni maxv etmoqchi bo‘lgan dushman avvalo uning yerlarini bosib olgan, vatanidan judo qilgan. O‘z vatanini dushmanlar qo‘lida qolganini ko‘rgan millatga bundan ortiq xo‘rlik va azob yo‘q. Chunki vatan tushunchasi inson uchun sha’n, shon, g‘urur va or – nomus tushunchasidir. Mana shu kabi insoniy jixatlaridan ayrilgan odamni esa inson sanab bo‘lmaydi. Ularni quldan, manqurtdan farqi yo‘qdir.
Bu haqda Alixon to‘ra Sog‘uniy shunday deydi. ”Har bir insonga ma’lumdirki, dunyo hayotida insonni eng sevgan, qadrli, qimmatli to‘rt narsasi bordir. Bu to‘rt narsaga ega bo‘lmagan kishilar chin insonlik sharafidan maxrum bo‘ladilar. Ular ozodlik va erkinlik, mehnat bilan topilgan boylikka egalik qilish, tug‘ilib o‘sgan vatanini va ota bobolari muqaddas bilan tushunchalarni muqaddas bilishdir”.
Har bir insonning orzusi o‘z vatanini hur va ozod, obod xolda ko‘rmoqlikdir. Ming shukurlar bo‘lsinki, mustaqillik bizga mana shunday bebaxo ne’matni berdi. Biz bu bebaxo ne’matni asrab –avaylashimiz, uning yanada gullab –yashnashiga xizmat qilmog‘imiz darkor. Chunki na toju –taxt, na boylik, na saltanat insonga vatan baxtu –quvonchini xadya etolmaydi.
Agar shunday bo‘lganida edi, Hindistondek ulkan mamlakatning podshoxi bo‘lgan Bobur vatan xajrida yonmas, Furqatdek betimsol shoir vatan deya yig‘lab o‘tmas edi.
Chunki vatanga muxabbat tushunchasi har bir insonga ona suti, ona allasi bilan singdiriladi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, onalarimiz alla aytayotganda, ularning har bir satriga mardlik, qaxramonlik asosiy mavzu qilib singdirilgan bo‘ladi. Ular aytayotgan Alpomish, Rustami doston, Suxrob, Go‘ro‘g‘li, Siyovush kabi ertak va dostonlarining barchasida mardlik va vatanga sadoqat ulug‘lanadi. Tarbiyaning, undagi vatan tushunchasining farzandlarimiz qoniga shu yo‘sinda singdirilishi ularning mard, jasur, haqiqiy vatanparvar inson bo‘lib ulg‘ayishlarida juda katta rol o‘ynaydi.
Mustaqillik har birimiz uchun g‘oyat tansiq va bebaxo ne’mat ekan, uni ko‘z qorachig‘idek asrab –avaylash uchun har birimiz mas’uldirmiz.
Biz –pedagoglarning zimmasida esa bu borada juda katta mas’uliyat yuklangan bo‘lib, o‘quvchilarimiz qalbida vatanga muxabbat, milliy istiqlol g‘oyalarini singdirib, ularni haqiqiy vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash eng asosiy vazifamizdir.
Men mana shu fayziyob kunlarda Vatan haqidagi dil so‘zlarini bitish baxti berilganidan, uni hur va ozodligini, qudratli davlatga, gullab –yashnayotgan mamlakatga aylanib borayotganini ta’riflash baxtiga muyassar bo‘layotganimdan yuragimda cheksiz bir shukronalik tuyg‘usini xis qilayapman.
Vatan haqida mana shunday satrlarni yozish, uning shon-shavkati haqida g‘ururlanish baxti bizlarni aslo tark etmasin.
Iroda MULLAJONOVA,
Piskent tumanidagi 40- sonli maktab o‘qituvchisi
“Shuhrat” medali sohibasi
Xalq ta’limi a’lochisi