Doʻstlik-yoshlik mushoirasi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qarashli Do‘rmon ijod uyida O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Xalqaro yoshlar mushoirasi”, “Do‘stlik mushoirasi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova, turkona.uz sayti xodimlari, yurtimizning turli hududlaridan kelgan yosh ijodkorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Qozog‘istonning “Qo‘sh qanot” ijod jamg‘armasi “Yangilanish davrining yangi iste’dodlari” tanlov natijasi bo‘yicha g‘oliblarni taqdirladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova hamda Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yosh ijodkor Eldorbek Tatiyev she’riy to‘plamlari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kitoblarini yoshlarga sovgʻa qildi.
Tadbir davomida ijod egalari boʻlgan yoshlarga “Qo‘sh qanot” ijod jamg‘armasi aʼzolik guvohnomalari, diplom hamda sertifikatlari ulashildi.
Yangragan kuy-qoʻshiq va raqslar ijod kechasiga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi.
Komila HAMROYEVA,
turkona.uz muxbiri